» » Buxoroda 100 nafar xotin-qizga uy-joy, 93 nafariga 982 mln so‘mlik mablag‘ ajratildi

Buxoroda 100 nafar xotin-qizga uy-joy, 93 nafariga 982 mln so‘mlik mablag‘ ajratildi


Buxoro viloyatida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 193 nafar xotin-qizning manzilli ro‘yxati tuzilib, ularning yuz nafariga jamoat fondidan uy-joy bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish uchun jami 3 milliard 888 million so‘mdan ortiq mablag‘ ko‘chirilib berildi. Qolgan 93 nafariga esa “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 982 million so‘mlik mablag‘ ajratildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shuningdek, nochor turmush kechirayotgan oilalarga 6 milliard 798 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Muhtojlarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari va boshqa jihozlar yetkazib berildi.

Buxoro viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida shular haqida ma’lum qilgan.

Konferensiyada viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Ibragimovaning tashkilot faoliyati haqidagi hisoboti tinglandi.

Joylarda tikuvchilik korxonalarini tashkil etish uchun viloyat hokimligi huzuridagi Aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash maxsus jamg‘armasi hisobidan bir milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, tuman va shaharlar xotin-qizlar qo‘mitalari ko‘magida 281 kichik sex tashkil etilib, ularda 1 ming 257 nafar xotin-qiz bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun jami 241 milliard 504 million so‘mlik tijorat banklari kreditlari ajratib berildi.

Konferensiyada yechimini kutayotgan muammolarga ham e’tibor qaratildi. Viloyatda go‘daklar o‘limi keyingi besh yilda keskin kamaygan bo‘lsa-da, reproduktiv salomatlik me’yorlariga amal qilinmasligi, skrening tekshiruvidan o‘tkazishdagi ayrim muammolar bir qator tumanlarda kuzatilmoqda. Ayrim hududlarda onalar o‘limi holatlari ham uchrayapti. Erta tug‘riqlar qayd etilayotgani ham tashvishlidir. Buxoro shahri, G‘ijduvon, Buxoro, Jondor, Qorako‘l, Kogon tumanlarida oilaviy ajrimlar soni bir muncha yuqori. Odam savdosi bilan bog‘liq muammolar bor.

Viloyatda joriy yilda jinoyatga qo‘l urganlarning 10 nafarini 18 yoshga to‘lmagan qizlar tashkil etdi. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlari barham topgani yo‘q.

Konferensiyada tashkiliy masalalar ko‘rildi. Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan F.Ibragimova qo‘mita rahbarligiga qayta saylandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют