» » AQShda yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

AQShda yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


AQShning Ayova shtatida bir motorli Piper samolyoti quladi. Avariya oqibatida ovga yo‘l olgan 4 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Gatri okrugi sherifiga ko‘ra, samolyot aeroportdan 6 kilometr uzoqda, mollar o‘tlaydigan yaylovga qulagan. Havo kemasi bilan aloqa deyarli parvozdan keyinoq uzilgan. Uchuvchi avariya tufayli qo‘nishga ruxsat so‘ragan va bortni boshqarishni shogird-uchuvchiga topshirganini bildirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qulashiga uchuvchining yurak xuruji sabab bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi shoshilinch qo‘nishni amalga oshira olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют