» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” dekabrda Qozonga poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” dekabrda Qozonga poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Rossiyaning Qozon shahriga poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“Toshkent — Yekaterinburg yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd joriy yilning 8-dekabridan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi”, — deya ma’lum qildi kompaniya vakili.

Poyezd shanba kunlari Toshkentdan yo‘lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi va shu kunning o‘zida Toshkentga ortga qaytadi.

Kassa xodimining so‘zlariga ko‘ra, plaskart joylar chipta narxi 1 million 175 ming so‘m, kupe uchun esa 1 million 570 ming so‘mni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют