» » Abdulaziz Komilov Germaniyaning Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Germaniyaning Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori bilan uchrashdi


9-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Berlin shahrida Germaniya TIVdagi Rossiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy sherikchilik davlatlari bilan jamiyatlararo hamkorlik bo‘yicha koordinatori, Bundestag deputati Dirk Vize bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Germaniya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning hamda zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston – Germaniya hamkorligining ayrim muammolari ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют