» » Iroq armiyasi g‘arbiy Mosuldagi birinchi dahani IShID jangarilaridan ozod qildi

Iroq armiyasi g‘arbiy Mosuldagi birinchi dahani IShID jangarilaridan ozod qildi


Iroq armiyasining aksilterror bo‘linmalari g‘arbiy Mosuldagi birinchi daha ustidan nazoratni tikladi. Bu haqda Mosul kampaniyasi qo‘mondoni general Abdulamir Yaralla ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Maxsus bo‘linma otryadlari Al-Ma’mun dahasini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yerdagi binolarda Iroq davlat bayrog‘i ko‘tarildi”, — deya ta’kidladi general. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, At-Tayaran hududida mamlakat politsiyasi IShID mudofaasini yorib o‘tdi. 

Hukumat kuchlari g‘arbiy Mosul markazidan uch kilometr berida turibdi, ularning harakatlanishi barobarida tinch aholi evakuatsiyasi olib borilmoqda. Oxirgi sutkaning o‘zida Mosulning g‘arbiy dahalaridagi uylarini 2 mingdan ortiq iroqlik tark etdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют