» » Tramp Elvis Preslini Ozodlik medali bilan taqdirlashga qaror qildi

Tramp Elvis Preslini Ozodlik medali bilan taqdirlashga qaror qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp marhum xonanda va aktyor Elvis Preslini o‘limidan so‘ng Ozodlik medali bilan taqdirlashga qaror qildi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Elvis Presli butun dunyodagi milliardlab muxlisga Amerika madaniyatini namoyish etdi. U o‘limidan 40 yil o‘tib ham barcha uchun sevimli bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi bayonotda.

Preslining milliarddan ortiq musiqiy yozuvlari sotilgani, ko‘plab filmlarda suratga tushgani, shuningdek, AQSh armiyasida salkam ikki yil xizmat qilgani qayd etildi.

AQSh taraqqiyotida salmoqli hissa qo‘shgan shaxslarga taqdim etiladigan Ozodlik medali bilan taqdirlash marosimi 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют