» » Manchester derbisida “Siti” MYuni taslim qildi, “Liverpul”da g‘alaba, “Chelsi” va “Arsenal” esa ochko yo‘qotdi (video)

Manchester derbisida “Siti” MYuni taslim qildi, “Liverpul”da g‘alaba, “Chelsi” va “Arsenal” esa ochko yo‘qotdi (video)


11-noyabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasida 12-tur bahslari yakuniga yetdi.

“Liverpul” so‘nggi o‘rindagi “Fulhem”ni o‘z maydonida qabul qilib, Muhammad Saloh hamda Jerdan Shaqirining gollari sabab 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Chelsi” esa 9-o‘rindagi “Everton” bilan bahsga kirishib, kutilmaganda 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Londonning yana bir klubi “Arsenal” o‘z maydonida “Vulverhempton” jamoasi bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mehmonlar 13-daqiqada Kavaleyruning goli sabab hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Genrix Mxitaryan Aaron Remzining uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Turning markaziy o‘yini esa Manchester shahridagi “Etihad” stadionida kechdi. Unda Xosep Gvardiola boshchiligidagi APL karvonboshisi “Manchester Siti” Joze Mourinyo yetakchiligidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida David Silva, Serxio Aguero hamda Ilkay Gundo‘g‘on bittadan gol kiritgan bo‘lsa, “Yunayted”ning yagona javob goliga Antoni Marsial mualliflik qildi.

12-turdan keyingi musobaqa jadvalidagi holat

Angliya premyer ligasi

12-tur bellashuvlari

10-noyabr, shanba

“Kardiff Siti”—“Brayton” 2:1

Gollar: 0:1 – 6 Dank, 1:1 – 28 Paterson, 2:1 – 90 Bamba.

“Nyukasl”—“Bornmut” 2:1

Gollar: 1:0 – 7 Rondon, 2:0 – 40 Rondon, 2:1 – 45 Lerma.

“Haddersfild”—“Vest Hem” 1:1

Gollar: 1:0 – 6 Pritchard, 1:1 – 74 Felipe Anderson.

“Lester”—“Byornli” 0:0

“Sauthempton”—“Uotford” 1:1

Gollar: 1:0 – 20 Gabbyadini, 1:1 – 82 Holebas.

“Kristal Pelas”—“Tottenhem” 0:1

Gol: 0:1 – 66, avtogol Foyt.

11-noyabr, yakshanba

“Liverpul”—“Fulhem” 2:0

Gollar: 1:0 – 41 Saloh, 2:0 – 53 Shaqiri.

“Chelsi”—“Everton” 0:0

“Arsenal”—“Vulverhempton” 1:1

Gollar: 0:1 – 13 Kavaleyru, 1:1 – 86 Mxitaryan.

“Manchester Siti”—“Manchester Yunayted” 3:1

Gollar: 1:0 – 12 Silva, 2:0 – 48 Aguero, 2:1 – 58, penalti Marsial, 3:1 –86 Gundo‘g‘on.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют