» » “Bavariya” “Borussiya D”ga yutqazib qo‘ydi, “Leypsig” “Bayer Leverkuzen”ni tor-mor qildi (video)

“Bavariya” “Borussiya D”ga yutqazib qo‘ydi, “Leypsig” “Bayer Leverkuzen”ni tor-mor qildi (video)


11-noyabr yakshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 11-tur bellashuvlari yakuniga yetdi.

11-turning markaziy o‘yini musobaqa peshaqadami “Borussiya Dortmund” hamda 3-o‘rinda borayotgan Myunxenning “Bavariya” klublari o‘rtasida kechdi. Unda “Borussiya D” 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlar safida Marko Roys (2 ta) hamda Pako Alkaser o‘z nomini tabloga yozidirib qo‘ygan bo‘lsa, mehmonlardan Robert Levandovski dublga erishdi.

Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turgan Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi mazkur turda “Verder” mehmoni bo‘lib, Alassan Pleaning het-triki evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi “Leypsig” hamda “Bayer” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari bo‘lmish “Leypsig” jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Shalke-04” jamoasi esa xuddi shunday uchta to‘p farqi bilan safarda “Ayntraxt”ga mag‘lub bo‘ldi.

11-turdan keyin musobaqa jadvalidagi holat

Bundesliga

11-tur bellashuvlari

9-noyabr, juma

“Hannover”—“Volfsburg” 2:1

Gollar: 1:0 – 31 Mayna, 2:0 – 62, penalti Bebu, 2:1 – 82, penalti Vegorst.

10-noyabr, shanba

“Hoffenhaym”—“Augsburg” 2:1

Gollar: 1:0 – 65 Kramarich, 1:1 – 69 Finnbogason, 2:1 – 83 Nelson.

“Nyurnberg”—“Shtutgart” 0:2

Gollar: 0:1 – 68 Baumgartl, 0:2 – 82 Tommi.

“Fortuna D”—“Herta” 4:1

Gollar: 1:0 – 50 Usami, 2:0 – 63 Xennings, 3:0 – 84 Raman, 3:1 – 88 Zelke, 4:1 – 90 Raman.

“Frayburg”—“Mayns” 1:3

Gollar: 0:1 – 6 Gbamen, 0:2 – 18 Mateta, 1:2 – 72 Shallai, 1:3 – 75 Onisivo.

“Verder”—“Borussiya M” 1:3

Gollar: 0:1 – 39 Plea, 0:2 – 48 Plea, 0:3 – 52 Plea, 1:3 – 59 Shaxin.

“Borussiya D”—“Bavariya” 3:2

Gollar: 0:1 – 26 Levandovski, 1:1 – 49, penalti Roys, 1:2 – 52 Levandovski, 2:2 –67 Roys, 3:2 – 73 Pako Alkaser.

11-noyabr, yakshanba

“Leypsig”—“Bayer Leverkuzen” 3:0

Gollar: 1:0 – 27 Poulsen, 2:0 – 68 Klostermann, 3:0 – 85 Poulsen.

“Ayntraxt”—“Shalke-04” 3:0

Gollar: 1:0 – 61 Yovich, 2:0 – 73 Yovich, 3:0 – 80 Aller.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют