» » La Liga. “Barselona” o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi, “Real” esa safarda g‘alaba qozondi (video)

La Liga. “Barselona” o‘z maydonida yutqazib qo‘ydi, “Real” esa safarda g‘alaba qozondi (video)


11-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasida 12-tur bahslari? yakuniga yetdi.

Mazkur turda kuchli to‘rtlikda borayotgan Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z maydonida Bilbaoning “Atletik” klubini qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Madridliklar safida Tomas Parti, Rodri Ernandes va Diyego Godin bittadan gol kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning har ikkala goli Inyaki Uilyams hisobiga yozildi.

Kuchli uchlikdagi “Sevilya” esa o‘z maydonida Kataloniyaning “Espanyol” jamoasi bilan bahsga kirishib, 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Musobaqa karvonboshisi “Barselona” o‘z maydonida “Betis”ni qabul qilib, kutilmaganda 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Barselona” safida Lionel Messi dublga erishdi, Arturo Vidal ham bitta gol kiritdi. “Betis”ning gollari esa Firpo, Sanches. Jovanni Lo Chelso hamda Serxio Kanales hisobiga yozildi.

Kuchli to‘rtlikdan chetda qolayotgan “Real Madrid” esa Vigoning “Selta” klubi mehmoni bo‘lib, 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi. “Real” safida Karim Benzema, Serxio Ramos va David Sebalyos gol kiritdi. Yana bir golni Kabral o‘z darvozasiga yo‘lladi. Mezbonlarning gollariga Ugo Malo va Brain Mendes mualliflik qildi.

12-turdan keyingi holat

La Liga

12-tur bellashuvlari

9-noyabr, juma

“Levante”—“Real Sosyedad” 1:3

Gollar: 1:0 – 4 Rodriges, 1:1 – 73 Teo, 1:2 – 77 Xuanmi, 1:3 – 83 Oyarsabal.

10-noyabr, shanba

“Valyadolid”—“Eybar” 0:0

“Xetafe”—“Valensiya” 0:1

Gol: 0:1 – 81, penalti Parexo.

“Atletiko Madrid”—“Atletik Bilbao” 3:2

Gollar: 0:1 – 36 Inyaki Uilyams, 1:1 – 61 Parti, 1:2 – 64 Inyaki Uilyams, 2:2 –80 Rodri Ernandes, 3:2 – 90 Godin.

“Jirona”—“Leganes” 0:0

11-noyabr, yakshanba

“Alaves”—“Ueska” 2:1

Gollar: 0:1 – 35 Gomes, 1:1 – 41 Xoni Rodriges, 2:1 – 68 Sobrino.

“Barselona”—“Betis” 3:4

Gollar: 0:1 – 20 Firpo, 0:2 – 34 Sanches, 1:2 – 68, penalti Messi, 1:3 – 71 Lo Chelso, 2:3 – 79 Vidal, 2:4 – 83 Kanales, 3:4 – 90 Messi.

“Rayo Valyekano”—“Vilyarreal” 2:2

Gollar: 0:1 – 33 Chukvueze, 1:1 – 45 de Tomas, 2:1 – 66 Garsiya, 2:2 – 80 Sansone.

“Sevilya”—“Espanyol” 2:1

Gollar: 0:1 – 38 Iglesias, 1:1 – 70 Merkado, 2:1 – 89 Ben-Yedder.

“Selta”—“Real Madrid” 2:4

Gollar: 0:1 – 23 Benzema, 0:2 – 56, avtogol Kabral, 1:2 – 61 Malo, 1:3 – 83, penalti Ramos, 1:4 – 90 Sebalyos, 2:4 – 90 Brais Mendes.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 03:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют