» » A Seriya. Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus” “Milan”ni mag‘lub etdi, “Inter”da yutqazdi, “Roma”da esa g‘alaba (video)

A Seriya. Ronaldu gol urgan o‘yinda “Yuventus” “Milan”ni mag‘lub etdi, “Inter”da yutqazdi, “Roma”da esa g‘alaba (video)


11-noyabr sanasida futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasida 12-tur bahslari yakuniga yetdi.

Milanning “Inter” klubi safarda “Atalanta”ga qarshi kurashib, 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi. “Roma” esa “Sampdoriya”ni o‘z maydonida 4:1 hisobida tor-mor qildi.  5-o‘rinda borayotgan “Latsio” “Sassuolo”ga qarsh bahs olib borib, 1:1 hisobida durangga rozi bo‘ldi.

Turning markaziy o‘yini Milanda kechdi. A Seriya peshqadami “Yuventus” kuchli to‘rtlikda borayotgan “Milan”ga qarshi maydonga tushib 2 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. Uchrashuvda hisobni 8-daqiqada Turin klubi hujumchisi Mario Manjukich ochgan bo‘lsa, 81-daqiqaqaga kelib, Krishtianu Ronaldu hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. 83-daqiqada qo‘pollik ishlatgan milanliklar hujumchisi Gonsalo Iguain hakam tomonidan ogohlantirildi. Bunga toqat qilmagan argentinalik hujumchi hakamga baqira ketdi. Natijada uchrashuv hakami unga qizil kartochka ko‘rsatdi.

12-turdan keyingi holat

A Seriya

12-tur bellashuvlari

9-noyabr, juma

“Frozinone”—“Fiorentina” 1:1

Gollar: 0:1 – 47 Benassi, 1:1 – 89 Pinamonti.

10-noyabr, shanba

“Torino”—“Parma” 1:2

Gollar: 0:1 – 9 Jervino, 0:2 – 25 Ingleze, 1:2 – 37 Bazelli.

SPAL—“Kalyari” 2:2

Gollar: 1:0 – 3 Petanya, 2:0 – 71 Antenuchchi, 2:1 – 73 Pavoletti, 2:2 – 76 Ionise.

“Jenoa”—“Napoli” 1:2

Gollar: 1:0 – 20 Kuame, 1:1 – 62 Fabian Ruis, 1:2 – 86, avtogol Biraski.

11-noyabr, yakshanba

“Atalanta”—“Inter Milan” 4:1

Gollar: 1:0 – 8 Xatebur, 1:1 – 47, penalti Ikardi, 2:1 – 62 Manchini, 3:1 –88 Gimshiti, 4:1 – 90 Gomes.

“Kyevo”—“Bolonya” 2:2

Gollar: 0:1 – 3 Santander, 1:1 – 20, penalti Mejorini, 2:1 – 45 Obi, 2:2 –56 Orsolini.

“Empoli”—“Udineze” 2:1

Gollar: 1:0 – 41 Zayts, 2:0 – 51 Kaputo, 2:1 – 81 Pussetto.

“Roma”—“Sampdoriya” 4:1

Gollar: 1:0 – 19 Jezus, 2:0 – 59 Shik, 3:0 – 72 Al-Shaaravi, 3:1 – 89 Defrel, 4:1 –90 Al-Shaaravi.

“Sassuolo”—“Latsio” 1:1

Gollar: 0:1 – 7 Parolo, 1:1 – 15 Ferrari.

“Milan”—“Yuventus” 0:2

Gollar: 0:1 – 8 Manjukich, 0:2 – 81 Ronaldu.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 03:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют