» » Bosh prokuratura: Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura: Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiygizib, musht tushirgan yigitlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Joriy yil may oyi o‘rtalarida Samarqand shahridagi “Shodiyona” savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo do‘koni oldida fuqaro B.X.ga orqa tomonidan kelib, bosh qismiga chelak kiydirilgan. Sh.A. uni qo‘li bilan urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketgan.Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat Sh.A.ning tanishi A.M. tomonidan Samsung telefonida videoga olinganva 6-noyabr kuni D.B.tomonidan Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida 2018-yil 10-noyabr kuni Sh.A., A.M., D.B. va R.ga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” va “d” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, Sh.A. va A. M. ushlandi.

Jinoyat ishi yuzasidan hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 08:30)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют