» » Olimlar: ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlik va depressiyani kuchaytiradi

Olimlar: ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlik va depressiyani kuchaytiradi


Facebook, Instagram va Snapchat kabi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish odamni yolg‘iz his qildiradi, shuningdek, depressiyaga sababchi bo‘ladi. Bunday xulosaga Pensilvaniya universiteti psixologlari keldi, deb yozadi “Life.ru”.

Tadqiqot doirasida olimlar 143 talabani ikki guruhga bo‘ldi. Birinchi guruh ijtimoiy tarmoqlardan odatdagicha foydalandi, ikkinchisi esa Facebook, Instagram va Snapchat’dan foydalanish vaqtini har bittasi uchun kuniga 10 daqiqagacha qisqartirdi. Bunday rejim uch hafta davom etdi.

Natijada ikkinchi guruh talabalari o‘zlarini birinchi guruhnikiga nisbatan kamroq yolg‘iz his qildi, shuningdek, depressiya simptomlari kamroq namoyon bo‘ldi.

“Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq e’tibor ajratish odamni kamroq yolg‘iz his qildirishi istehzoli. Bunga ba’zi mutaxassislar o‘z izohlarini bildirishga ulgurdi, ularga bunga g‘ayrishuuriy holda taqqoslash sabab bo‘lishini taxmin qilmoqda. Odam boshqa kishilar hayotidagi voqealarga qaraganda, boshqalar undan ko‘ra yaxshiroq yashayotgandek tuyuladi”, — deya xulosa qildi tadqiqotchilar guruhi rahbari Melissa Xant.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют