» » Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi

Tojikistonda 400 ta qozonda 10 tonna palov damlandi


Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Abulqosim Firdavsiy nomli madaniy-istirohat bog‘ida “Oshu palov” festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida 400 ta qozonda umumiy hisobda 10 tonna palov damlandi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Festivalda mamlakatning turli mintaqalaridan 200 dan ortiq oshpazlar qatnashib, palovning 50 dan ortiq turini tayyorladi. Bosh oshpaz Sobirjon Muhammadjonov boshchiligida eng ko‘p miqdorda — bir tonnalik osh pishirildi.

Shuningdek, festivalga kelgan xorijliklar palov tayyorlash usuli bilan ham tanishdi.

Tadbir Tojikistonda e’lon qilingan “Sayyohlik va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili” doirasida o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, palov 2016-yilda YuNЕSKO nomoddiy meroslar ro‘yxatiga kiritilgandi. Nominatsiya O‘zbekiston va Tojikiston tomonidan xalqaro tashkilotga tavsiya qilingan hamda har ikki davlatga alohida sertifikat topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют