» » 2019-yilda O‘zbekiston soliq siyosatida tarixiy o‘zgarishlar davri bo‘ladi

2019-yilda O‘zbekiston soliq siyosatida tarixiy o‘zgarishlar davri bo‘ladi


“O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Soliq siyosatidagi o‘zgarishlar” mavzuidagi ko‘rsatuvda 2019-yil 1-yanvaridan joriy etilayotgan soliq solishning soddalashtirilgan tartiblari davlat budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishga, soliq qonunchiligini soddalashtirishga qaratilgani ta’kidlandi, deb yozadi Spot Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmatiga tayanib.

Ko‘rsatuvda ekspert sifatida Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Iminov, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Erkin Gadoyev, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev ishtirok etdi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yil 1-yanvaridan soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq, jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasi 12% miqdorida joriy etilmoqda.

“Ilgari, aholi daromadlari to‘rt pog‘onali shkala bilan soliqqa tortilar edi. Bu tadbir “konvert” asosida ish haqi to‘lashdan voz kechish orqali, tadbirkorlik subyektlarining xodimlar soni va ish haqi fondini qonuniylashtirilishini rag‘batlantirsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotda jamg‘arish ulushini ko‘paytiradi”, deyiladi xabarda.

Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir tadbirlaridan biri, bu — yagona ijtimoiy to‘lov stavkalarining 25%dan 12%gacha kamaytirilishi bo‘ldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar 2,9 trln. so‘mni tashkil qiladi.

Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini (stavkasi 8%) bekor qilinadi.

Foyda solig‘i to‘lovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

Bu esa soliq to‘lovchilar ixtiyorida 582 mlrd. so‘m qoldirish imkonini beradi.

Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5%dan 2%gacha pasaytirilmoqda.

Yillik aylanmasi 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5%dan 4%gacha kamaytirilmoqda. Ya’ni haqiqatan ham kichik korxona bo‘lgan to‘lovchilar uchun bir yillik soliq to‘lovi summasi 10 mln. so‘mgacha kamayishi mumkin.

Yillik aylanmasi 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari 13?40%ga kamaytiriladi. Yillik aylanmasi 100 mln. so‘mdan yuqori va 1 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4% lik stavkada soliq to‘lashga o‘tkazish yo‘li bilan qat’iy belgilangan soliq bekor qilinadi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.

Shuningdek, endilikda har bir tuman (shahar)dagi korxonalar vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shuningdek, “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi mas’ul xodimlari buxgalterlari mavjud bo‘lmagan xo‘jalik subyektlariga elektron hisobvaraq-fakturalarini yuritish qoidalarini o‘rgatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 11:30)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют