» » O‘zbekistonda AES qurilish ishlari 2020 yilda boshlanishi mumkin

O‘zbekistonda AES qurilish ishlari 2020 yilda boshlanishi mumkin


O‘zbekistonda birinchi atom elektrostansiyasi qurilish ishlari 2020-yilda boshlanishi mumkin. Bu haqda “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

Sentabr boshida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov respublika hududida AES qurilishi bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzoladi.

“Rosatom” VVER-1200 reaktorli qurilma “3+” avlodiga tegishli ikkita energoblokdan iborat bo‘lgan majmua barpo qilishni rejalashtirilmoqda. Bitim oktabr oyida kuchga kirdi.

“2020-yilda birinchi beton quyishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Mirzamaxmudov “Pravda Vostoka” gazetasiga bergan intervyuda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 5 ta maydon – Jizzax va Navoiy viloyati chegaradagi hududlarda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

“O‘zatom” rahbari har bir maydonda meteostansiyalar o‘rnatiladi. Geologik tadqiqotlar o‘tkazilib, tuproqning zichligi, yer osti suvlari darajasi tekshirib chiqiladi.

“Bir maydon tanlangandan so‘ng, jamoat fikri o‘rganish maqsadida fuqarolar, jamoatchilik, MAGATE fikri o‘rganiladi. Shundan so‘ng, AES qurilishi va ekspluatatsiya bo‘yicha maydonga litsenziya olish uchun xulosa tayyorlanadi”, — deb qo‘shimcha qildi Mirzamahmudov.

Loyihaning qiymati 11 milliard dollar atrofida, birinchi energoblok 2028-yilda ishga tushirilishi kerak, degan edi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18—19-oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida, respublikada birinchi AES qurilishida eng yuqori xavfsizlik standartlari va qat’iy ekologik talablarga rioya qilinishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr boshida AES qurilishi inqilobiy qaror ekanligi va uni amalga oshirish uchun 8—10 yil muddat zarurligini ta’kidlab o‘tgandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, AES bugungi kunda ishlab chiqaruvchi quvvatlarining 20 %ni ishlab chiqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют