» » Sarri rekord o‘rnatdi: “Chelsi” ketma-ket 18 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti

Sarri rekord o‘rnatdi: “Chelsi” ketma-ket 18 ta o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti


Angliya premer ligasining 12-turida Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Everton” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

“Chelsi” ayni damda 28 ochko (8 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 4 ta o‘yinda durang o‘ynadi) bilan APL musobaqa jadvalida uchinchi o‘rindan o‘rin olgan. Sarri shogirdlari joriy mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 14 g‘alabaga erishdi va 4 o‘yinda durang qayd etdi.

Jamoa ustozi Mauritsio Sarri APL tarixidagi eng omadli murabbiyga aylandi. Birorta murabbiy Sarri kabi o‘zining debyut mavsumida dastlabki 12 turda bunday natija qayd eta olmagandi. Sarri oldinroq Frenk Klark singari 11 ta mag‘lubiyatsiz o‘yin natijasini qayd etib, rekordni takrorlagandi.

Jamoa so‘nggi bor 5-avgust sanasida Angliya Superkubogi doirasida “Manchester Siti”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют