» » “Salom, rashk” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Salom, rashk” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Begzod Joniyevning “Salom, rashk” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Noyabr oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Salom, rashk” filmidan keyingi o‘rinlarni Rustam Meliyevning “Maqsad”, Murod Inog‘omovning “Jonimga tegding jonim”, Laziz Ashuraliyevning “Nayrang”, Nodir Mominovning Temur filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Istanbullik milliarder”, “Haloskor”, “Millioner kelin”, “Jekpot” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

5-noyabr — 11-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Salom, rashk” (komediya)

Rejissor — Begzod Joniyev

2-o‘rin. “Maqsad” (detektiv-triller)

Rejissor — Rustam Meliyev

3-o‘rin. “Jonimga tegding jonim” (komediya)

Rejissor — Murod Inog‘omov

4-o‘rin. “Nayrang” (komediya)

Rejissor — Laziz Ashuraliyev

5-o‘rin. “Temur” (jangari)

Rejissor — Nodir Mo‘minov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют