» » People’s Choice Awards talqini bo‘yicha eng yaxshi film “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” bo‘ldi

People’s Choice Awards talqini bo‘yicha eng yaxshi film “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” bo‘ldi


AQShda People’s Choice Awards an’anaviy mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Unda tomoshabinlar bergan ovozlar asosida eng yaxshi filmlar, teleshoular va artistlar aniqlandi.

“Qasoskorlar: Abadiyat urushi” eng yaxshi film deb topildi. Eng yaxshi aktrisa — Skarlett Yoxansson (“Qasoskorlar: Abadiyat urushi”), eng yaxshi aktyor — Chedvik Bouzman (“Qora Pantera”) bo‘ldi.

Yil eksheni ham “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” filmi bo‘ldi. “Qora Pantera” filmida rol ijro etgan Danay Jekesay Gurira yilning ekshen aktyori deb tan olindi.

Yilning dramatik filmi — “Ozodlikning 50 rangi”, komediyali filmi — “Meni tashlab ketgan josus” bo‘ldi.

Melissa Makkarti “Kompaniya yuragi” filmidagi roli uchun yilning komediyali filmi yulduzi deb e’tirof etildi.

Yil oilaviy filmi — “Super oila 2”, yil komediyali seriali — “To‘q sariq — yangi qora”, yil seriali — “Qorong‘isevar ovchi” bo‘ldi.

Shuningdek, Niki Minaj yilning ayol qo‘shiqchisi, Shon Mendes — yilning erkak qo‘shiqchisi deb topildi.

Yilning feshn-shaxsi — Viktoriya Bekxem, yil realiti-shousi — “Kardashyanlar oilasi” bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют