» » O‘zbekistonda oltin valyuta zahiralari miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi haqidagi ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi

O‘zbekistonda oltin valyuta zahiralari miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi haqidagi ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ayrim ma’lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qaror bilan O‘zbekistonda quyidagi ma’lumotlarni rasman chop etish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash ko‘zda tutilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalarining umumiy zahiralari, qazib olingan (ishlab chiqarilgan), sotish hajmlari va mablag‘larning taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning 2013-yildan boshlab milliy yoki xalqaro standartlar asosidagi moliyaviy hisobotlari;

2017-yil 1-yanvar holatigacha bo‘lgan yillik davlat oltin valyuta zahiralari miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi;

Davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (ichki va tashqi) qarzlarining umumiy hajmi, manbalari, valyutalari, foiz stavkalari, muddatlari hamda qarzdor tashkilotlar kesimida o‘zlashtirish va qaytarish to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotlar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют