» » Marvel superqahramonlari yaratuvchisi Sten Li vafot etdi

Marvel superqahramonlari yaratuvchisi Sten Li vafot etdi


AQShning Los-Anjeles shahrida komikslar yaratuvchisi Sten Li 95 yoshida vafot etdi, deb yozadi Meduza.

O‘tgan bir necha yillar davomida Li og‘ir xastaliklarni boshidan kechirgan, xususan, zotiljam (pnevmoniya)ga chalingan va ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarga uchragan.

Sten Li Marvel olamidagi personajlarning asosiy yaratuvchilaridan biri bo‘lgan. Bir nechta rassomlar bilan hamkorlikda u O‘rgimchak odam, Temir odam, Tor, Iks Odamlar, Fantastik to‘rtlikni o‘ylab topgan.

Sten Li, shuningdek, prodyuser va aktyor ham bo‘lgan. U Marvel superqahramonlari haqidagi ko‘plab filmlarda epizodik rollarni ijro etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют