» » Germaniyalik professor Villi Rolf Xanish O‘zbekiston pedagoglari uchun seminar o‘tkazmoqda

Germaniyalik professor Villi Rolf Xanish O‘zbekiston pedagoglari uchun seminar o‘tkazmoqda


Germaniyaning o‘qituvchilar malakasini oshirish birlashmasi raisi pedagogika va psixologiya fanlari doktori, Professor Villi Rolf Xanish O‘zbekistonda pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Seminar Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bo‘lib o‘tmoqda. Seminar-trening tashkil etishda Gyote institutining O‘zbekistondagi ofisi yaqindan yordam berdi.

Seminarning dastlabki kunida xorijlik mutaxassis institut faoliyati, shuningdek, mamlakatimizda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, mexanizmi, o‘quv reja va dasturlarni ishlab chiqish, tinglovchilarni kurslarga jalb etish, kasbiy kompetensiyasini baholash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘z navbatida, u Germaniyada malaka oshirish tizimning o‘ziga xos xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

“Misol uchun, yurtingizda pedagoglar malakasini oshirish uchun 144 soat, Germaniyada esa 66 soat ajratiladi. Shuningdek, Kurs mashg‘uloti malaka oshirish markazida emas, o‘z maktabida masofaviy shaklda o‘qitiladi. Tinglovchining o‘zlashtirish natijasi sinfda o‘tayotgan darsini onlayn kuzatish orqali aniqlanadi”, — deydi germaniyalik professor.

Professor Villi Rolf Xanish ishtirokidagi seminar-treninglar 22-noyabrga qadar davom etadi. Jumladan, u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-sonli umumta’lim maktabi misolida masofaviy malaka oshirish tizimini tatbiq etish istiqbollarini o‘rganadi.

Villi Rolf Xanish Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘ladi va tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют