» » Amerikalik reper Kanye Uest Kaliforniyadagi uyini yong‘indan asrash uchun o‘t o‘chiruvchilar brigadasini yolladi (video)

Amerikalik reper Kanye Uest Kaliforniyadagi uyini yong‘indan asrash uchun o‘t o‘chiruvchilar brigadasini yolladi (video)


Amerikalik reper Kanye Uest Kaliforniya shtatida yuz bergan o‘rmon yong‘inlaridan o‘z villasini qutqarish uchun o‘t o‘chiruvchilar brigadasini yolladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Uest va uning rafiqasi Kim Kardashyanning ushbu shtatda joylashgan uyi 60 million dollarga baholangan.

Qayd etilishicha, agar Uestning villasi yonib ketsa, qo‘shni uylar ham xavf ostida qoladi.

Ma’lumot uchun, Kaliforniya shimolidagi Camp o‘rmon yong‘inlari 8-noyabr, payshanba kuni boshlangan edi, hozirgacha ushbu tabiiy ofat oqibatida yigirma to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Olov 36 ming gektardan ziyod maydonni qamrab olgan bo‘lib, 7 mingdan ortiq inshootlarni vayron qildi va bu bilan shtat tarixidagi eng vayronkor yong‘inga aylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют