» » Massimiliano Allegri Italiyada yil murabbiyi bo‘ldi. Bu — rekord

Massimiliano Allegri Italiyada yil murabbiyi bo‘ldi. Bu — rekord


Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra A Seriyaning eng yaxshi murabbiy deb topildi. Bu haqda murabbiyning o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Allegri bu nomga erishish yo‘lida “Napoli” sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri hamda “Latsio”ning amaldagi ustozi Simone Inzagini ortda qoldirdi.

Shu tariqa “Yuventus” ustozi mazkur mukofotni 4-marta qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi. Ungacha Marchello Lippi, Fabio Kapello va Antonio Konte ham mazkur sovrinni uch martadan qo‘lga kiritgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют