» » Oliy sud ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi

Oliy sud ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi


O‘zbekiston Oliy sudi ishchi guruhi  Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyor qabullar joriy yilning 6—7-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatining bir nechta tumanlarida  o‘tkazildi. Shuningdek, barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuman (shahar) rahbarlari hamda jamoatchilik tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishchi guruhi tomonidan viloyat xalq qabulxonasining majlislar zalida huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari hamda jamoatchilik tashkilotlarining rahbarlari ishtirokida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, viloyat prokurorining 1-o‘rinbosari O.Shomurodov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari K.G‘afforov, Angor, Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz tumani va Termiz shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shu tumanlardagi Xotin-qizlar qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, Yoshlar ittifoqi va Nuroniylar kengashi rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, yuqorida qayd etilgan tumanlarda jinoyatchilik ahvoli, oldingi yillarga nisbatan keskin oshgan jinoyatlarni kelgusida sodir etilishini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar, jinoyatlarni oldini olishda va sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda jamoatchilikning ishtiroki, ayollar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlarni sodir etilishiga turtki bo‘lgan holatlar hamda ishsizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar muhokama etilib, mazkur holatlar har bir tuman misolida tahlil qilingach, kelgusida zudlik bilan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan aniq topshiriqlar berildi.

Tezkor yig‘ilish yakunlangach, ishchi guruh tomonidan Angor, Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz tumani va Termiz shahridan kelgan jami 79 nafar fuqaro qabul qilindi.

Qabul boshlanishidan oldin fuqarolarga murojaat etish tartiblari, ko‘rib chiqiladigan masalalar, murojaat bilan birga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar yuzasidan tushuntirish berildi.

Fuqarolar ishchi guruh a’zolari tomonidan qabul qilinib, ularning murojaatlari eshitildi.

Fuqarolarning 34 nafari jinoyat sudlarining, 10 nafari fuqarolik sudlarini, 9 nafari ma’muriy sudlarning chiqargan qarorlaridan norozi bo‘lib murojaat etgan bo‘lsa, 26 nafar fuqaro sudga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaat etdi.

Sud qarorlarining ijrosini vaqtincha to‘xtatib turish yuzasidan murojaat etgan 2 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, shu haqda xat berildi.

Sudga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilgan 13 nafar fuqaroga qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish tartiblari tushuntirildi.

4 nafar fuqaroning murojaati nazoratga olinib tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют