» » Xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi tugatildi

Xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi tugatildi


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, xonanda Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotganligi aniqlandi. Bu haqda muassasaning rasmiy bildirgisida ma’lum qilingan.

Bildirgida aytilishicha, “Videoklipda milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”.

Yuqoridagilarga asosan xonandaning litsenziyasi joriy yil 13-noyabrdan tugatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют