» » Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 20 nafar bolaga guvohnomalar topshirildi

Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 20 nafar bolaga guvohnomalar topshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.Tadbirda 25 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan o‘z uy-joyiga mulk egaligini tasdiqlovchi kadastr hujjatlari, turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma ololmagan 20 nafar bolaga guvohnomalar topshirildi, deb yozadi O‘zA.

Davlat xizmatlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida hozirgacha 1 ming 719 ariza o‘rganib chiqilgan, noqonuniy qurilgan turar joylar qonuniylashtirib berilgan. Birgina Zomin tumanida ushbu aksiya boshlangandan buyon 186 murojaat hal etilgan.

Endilikda tug‘ilganlik, o‘lim dalolatnomalarini qayd etish va bu hujjatlarni rasmiylashtirib berish ham davlat xizmatlari markazlari tomonidan bajarilmoqda.

O‘rganishlar davomida Zarafshon Shomatov, Xayrilloh Narziqulov tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega bo‘lmagani tufayli hatto maktabga ham qabul qilinmagani, haligacha o‘qish-yozishni bilmasligi aniqlandi. Sayyor qabulda ularga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar topshirildi.

Qabulda davlat xizmatlari markazlari mutaxassislari, huquqshunoslar aholiga davlat tomonidan qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют