» » Qurolli Kuchlari akademiyasida chet tillarini o‘qitishda mavjud muammolar o‘rganib chiqildi

Qurolli Kuchlari akademiyasida chet tillarini o‘qitishda mavjud muammolar o‘rganib chiqildi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida “Harbiy sohada chet tillarni maqsadli o‘qitishda mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad Qurolli Kuchlar akademiyasida malakali ofitser kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va professor-o‘qituvchilarning uslubiy mahoratini oshirish hamda chet tillar bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirib o‘qitishdagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishdan iborat.

Unda akademiya professor-o‘qituvchilari, Harbiy-ilmiy tadqiqotlar markazi ofitserlari, harbiy soha doktorantlari, Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalaridan jami 80 ga yaqin vakillar qatnashdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida chet tillarini o‘rganishda zamonaviy usul va uslublar, infokommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi o‘rni, ularni qo‘llashda tillar yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish, mustaqil tayyorgarlikning o‘rniga, o‘qituvchining malakasiga, auditoriyaning psixologik jihatiga va boshqa omillarga to‘xtalib o‘tdilar.

Shu bilan birga anjumanda professor Mirabbos Iriskulov va O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi direktori Feruza Rashidova ham qatnashib, muxokama chog‘ida ular tomonidan Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan hamkorlik o‘rnatish va har hafta Tillar kafedrasida treninglar tashkil etib, bu yig‘ilishda boshqa OTM professor-o‘qituvchilarini ham ishtirok etishlarini ta’minlash taklif etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют