» » “O‘zstandart” agentligi jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi

“O‘zstandart” agentligi jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi


“O‘zstandart” agentligi jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Anjuman doirasida Respublikada sinovlar natijalarining halqaro darajada tan olinishida laboratoriyalarning o‘rni “O‘zbek-Turk Test Markazi” faoliyati misolida so‘z bordi.

Ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda xalqaro standart talablariga muvofiq sertifikatlashtirish va sinash, ilg‘or mamlakatlarning boy tajribasidan keng foydalanish maqsadida “O‘zstandart” agentligi va Turk standartlari institututi hamkorligida zamonaviy jihozlangan hamda xalqaro talablarga javob beradigan o‘zbek-turk qo‘shma korxonasiga asos solindi.

Hozirgi kunda markazda mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalari majmualari faoliyat ko‘rsatadi.

Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining sifatini xalqaro standart talablari asosida sinash va sinov natijalarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida “To‘qimachilik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” Turkiyaning akkreditatlash tashkiloti (TURKAK) tomonidan muvofiq akkreditatsiya qilindi.

TURKAK Yevropa akkreditatsiya tashkiloti, Xalqaro akkreditatsiya forum va Laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiya qilish qo‘mitasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo. Bu esa “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasi sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasining mustaqilligi va xolisligini ta’minlab, ular tomonidan rasmiylashtirilayotgan muvofiqlik sertifikatlari va sinov bayonomalari natijalari nafaqat ichki, balki tashqi bozorlara tan olinish imkonini bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют