» » Yoshlar startaplari dasturi uchinchi marta start oldi

Yoshlar startaplari dasturi uchinchi marta start oldi


13-noyabr kuni Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi uchinchi marta start oldi. Bu haqda BMT Taraqqiyot dasturi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Uchinchi davrdagi tanlov natijalariga ko‘ra, dasturda Toshkentdan 32 ta startap-loyiha ishtirok etmoqda. O‘zbekistonning boshqa mintaqalaridan loyihalar tanlovi alohida o‘tkazilmoqda, ular uchun mahalliy seminar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Dasturda elektron kommersiya, yetkazish xizmatlari sohasidagi loyihalar ommabopligicha qolayotgan bo‘lsa-da, joriy yilda yangi texnologiyalarni qo‘llash yordamidagi onlayn-ta’lim, qishloq xo‘jaligi, kraudfanding sohasidagi loyihalar ham rivojlanmoqda.

Dastur besh kunlik seminar bilan boshlandi, unda ishtirokchilar startapni Lean Startup uslubida ishga tushirish asoslarini o‘rganadi.

Dastur natijalariga ko‘ra, bitiruvchi jamoalar tashkilot va investorlarni jalb etish uchun o‘z loyihalarini Demo Day (namoyish kuni)da taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют