» » “O‘zbekko‘mir” Rossiya kompaniyasiga 3 yilga ishonchli boshqaruvga topshiriladi

“O‘zbekko‘mir” Rossiya kompaniyasiga 3 yilga ishonchli boshqaruvga topshiriladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Mazkur qaror bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekko‘mir”AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyasini “Progress Gor Tex” MChJga (Rossiya) uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga berilishi ko‘zda tutilgan.

Buning uchun O‘zbekistonda Rossiya kompaniyasining sho‘ba korxonasi ochiladi.

“O‘zbekko‘mir”AJ boshqaruv organlariga 2019-yil 1-iyungacha ishonchli boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladigan jamiyat samaradorligini oshirish bo‘yicha biznes-rejani ko‘rib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilgan.

Ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekko‘mir”AJ boshqaruviga xorijiy mutaxassislarni jalb etishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Biznes-reja parametrlari bajarilgan taqdirda 3 yillik muddat yana uzaytirilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют