» » O‘zbekistonda ilk bor Google Developers Group — DevFest festivali bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda ilk bor Google Developers Group — DevFest festivali bo‘lib o‘tadi


Google Developers Group (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan GDG — DevFest dasturchilar festivali ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Festival 24-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilishi rejalangan. Tadbir GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Google kompaniyasi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida o‘tkaziladi.

DevFest — Google Developers Group jamoalari tomonidan har yili Google kompaniyasi ko‘magida o‘tkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq bo‘lmagan kishilar Google’ning so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishadi. O‘zbekistondagi DevFest’da Google mutaxassisi Eli Kaplan qatnashishi kutilmoqda.

Festival ishtirokchilari mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni kun davomida muhokama qiladi. Xususan, ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalaridan biznesda foydalanish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadi. Festivalda qatnashish bepul, ammo ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Inha universiteti 2015-yildan buyon yosh mutaxassislar uchun Google I/O Extended Tashkent konferensiyasini o‘tkazib keladi. Konferensiya o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni Google’ning innovatsion yechimlari bilan tanishishi uchun o‘ziga xos platformadir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют