» » Samarqandda tramvay harakatini yo‘lga qo‘yish uchun 34 kilometrlik mis kabel o‘tkazilmoqda

Samarqandda tramvay harakatini yo‘lga qo‘yish uchun 34 kilometrlik mis kabel o‘tkazilmoqda


Ayni paytda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi xodimlari, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Uchquduq va Kogondan kelgan mutaxassislar samarqandlik hamkasblari bilan birgalikda shahar ko‘chalarini birinchi tramvaylar harakati uchun tayyorlamoqda. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” nashri xabar berdi. Elektr toki ustunlari o‘rnatilmoqda, 600 kilovatt doimiy elektr toki yuklamasini ko‘tarishga qodir bo‘lgan mis simlar tortilmoqda.

“Hozir ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AKning 1-energetika magistrallari unitar korxonasining 7-uchastkasi ishchilari umumiy uzunligi 34 kilometrdan ziyod bo‘lgan mis kabelni yotqizmoqda, — dedi uchastka ish yurituvchisi Shahobiddin Muhammadiyev. — Rudakiy ko‘chasi bo‘ylab shpallar endigina yotqizilayotgan bo‘lsa, Sattepo massivida Buxoro temir yo‘l ustalari o‘z ishini yakunlamoqda… Navro‘z kunlari samarqandliklar va shahar mehmonlari yo‘lning birinchi bo‘lagida ilk marotaba tramvayda sayr qiladi”.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют