» » Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirishga 8 trln so‘m sarflanadi

Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirishga 8 trln so‘m sarflanadi


2018—2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan 2018—2019-yillarda Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Shuningdek, 2019-yil 1-iyungacha “Binolar, inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma” o‘rniga “QR kod” bilan kadastr pasportini berish va qishloq xo‘jaligi yerlari ajratishning auksion tarzida blokcheyn orqali amalga oshirish tizimi joriy etiladi.

Dastur doirasida jami 1 009 ta loyiha amalga oshirilishi, ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 8 trillion 241 milliard 879 million so‘m o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan. Dasturni amalga oshirish orqali 19 ming 333 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Dasturda 22 ta davlat bog‘chalarini rekonstruksiya qilish, 17 ta xususiy tibbiyot muassasalari qurish, shuningdek, bir qator maktablarni kapital ta’mirlash, sport inshootlari qurish belgilangan.

Bundan tashqari, dasturga muvofiq Chirchiq davlat pedagogika institutida 1 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi va 400 o‘rinli talabalar yotoqxonasi barpo etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют