» » “Malika” savdo majmuasidagi do‘konlar ishlamayapti

“Malika” savdo majmuasidagi do‘konlar ishlamayapti


O‘zbekistonda elektrotexnika jihozlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Toshkentdagi “Fleshka” texnomarkazi – xalq tili bilan aytganda “Malika” bozoridagi do‘konlar bugun, 14-noyabr kuni ishlamayapti.

Do‘konlar ishlamayotgani haqida Telegram’dagi @davletovuz kanali birinchilardan bo‘lib yozdi: “‘Malika’ savdo majmuasida hujjatsiz elektronika vositalarini olib qo‘yishayapti ekan. Majmua bugun yopiq emish”.

“Terabayt.uz” sayti texnomarkazdagi aksariyat do‘konlar faoliyatini to‘xtatib turganini tasdiqladi. Nashr u yerda Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilib, bugun xaridlar uchun “Malika”ga bormaslikni tavsiya etdi.

Savdo majmuasi nima uchun ishlamayotgani haqida hozircha biror rasmiy xabar berilgani yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют