» » O‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning baliqchilik sohasidagi tajribasini o‘rgandi

O‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning baliqchilik sohasidagi tajribasini o‘rgandi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasining mutaxassislari Xitoyning baliqchilik sohasidagi boy tajribasini o‘rganish maqsadida Guandun provinsiyasi ma’muriy markazi – Guanchjou shahrida bo‘ldi, deb xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK mutaxassislari Szinyan Agrosanoat kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, baliqlarning yo‘qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash, baliqlarni samarali boqish bo‘yicha mazkur kompaniya tajribasini o‘rgandi.

“Xitoyga safarimizdan ko‘zlangan maqsad – yangi baliq turlarini O‘zbekiston hududiga olib kirish, inkubatsiya sexlarini tashkil etish, respublikamizda baliq ozuqalarini ishlab chiqarish, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi”da yopiq usulda, sun’iy qafas o‘rnatish vositasida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishishdan iborat. Biz korxona negizida 2019-yilning 1-martiga qadar yiliga 10 million dona baliq chavoqlari ishlab chiqaradigan naslchilik-seleksiya qo‘shma korxonasi tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu borada Xitoyda to‘plangan boy tajriba ham bizga qo‘l keladi”, – deydi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK mutaxassisi O.Anorboyev.

Ma’lum bo‘lishicha, Xitoy tomoni bilan erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, joriy yil noyabr oyining o‘rtalarida Xitoy baliqchilik sohasi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelib, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi”da baliq yetishtirish jarayoni va mahalliy sharoitlar bilan tanishgach, ikki tomonlama shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zaro hamkorlikning birinchi bosqichida 500 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritilishi nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 14:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют