» » DSQ umumbеlgilangan soliqlarga o‘tkazganligi haqida shaxsan xabardor qiladi

DSQ umumbеlgilangan soliqlarga o‘tkazganligi haqida shaxsan xabardor qiladi


Hisobot yili yakunlari bo‘yicha 1 milliard so‘mdan ortiq tovar aylanmasiga ega bo‘lgan yoki uni kutayotgan tadbirkorlar 2019-yil 1-yanvardan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari zarurligi haqida shaxsan xabardor qilinadi, deb xabar berdi Norma.

Eslatib o‘tamiz, 29-iyundagi PF–5468-son Farmonga muvofiq, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.

Xabarnomalar soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlari (elektron ravishda), pochta orqali yoki qo‘llariga topshiriladi.

Xabarnomada har bir ishlovchi subyektga soliq solishning yangi tuzilmasi ko‘rsatiladi:

Xabarnoma olgan tadbirkorlar joriy yilning 12-noyabridan 12-dekabrigacha QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Buni DSQ saytidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoki soliq hisobiga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasida amalga oshirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют