» » Toshkentda “Odam savdosi va unga qarshi kurashish” nomli amaliy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Odam savdosi va unga qarshi kurashish” nomli amaliy qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi


2017-yil 24-fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida mazkur Milliy markaz, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi ofisi hamkorligida Odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan qo‘shma chora-tadbirlar rejasi doirasida nashr etilgan “Odam savdosi va unga qarshi kurashish” nomli amaliy qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda odam savdosi bir vaqtning o‘zida jahon hamjamiyatini ham, har qaysi alohida davlatni ham birdek tashvishga solayotgan dolzarb muammolardan biri ekaniga e’tibor qaratildi. Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda har yili 4 millionga yaqin inson zamonaviy shakllardagi qullik qurboni bo‘lmoqda.

Odam savdosi asosan xalqaro miqyosdagi transmilliy jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilayotgan kirdikor bo‘lib, bunda ularga dunyo miqyosidagi globalllashuv va shu omil bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan nazorat qilib bo‘lmaydigan migratsiya qo‘l kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklariga doir 70 dan ziyod xalqaro hujjatga qo‘shilgan. Bu xalqaro-huquqiy hujjatlar normalari bugungi kunda mamlakat fuqarolarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini tartibga soluvchi 700 dan ortiq qonun va 16 ta kodeksga implementatsiya qilingan.

O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida BMT, YeXHT va Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda izchil faoliyat olib bormoqda. Bunday yaqin hamkorlik odam savdosining oldini olish va uning qurbonlarini himoya qilish sohasida qo‘shma loyiha hujjatlarini birgalikda amalga oshirish misolida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bo‘lib o‘tgan taqdimot ishtirokchilari “Odam savdosi va unga qarshi kurashish” nomli amaliy qo‘llanmada odam savdosi bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, mehnat migratsiyasining turlari, xorijga chiqish va yashash, shu bilan birga odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilikning mazmun-mohiyati chuqur ochib berilganiga e’tibor qaratdilar. Ayniqsa, odam savdosi qurbonlariga yordam ko‘rsatish mexanizmlari sodda va tushunarli tilda bayon qilingan.

Qo‘llanmada, shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, O‘zbekiston fuqarolari nisbatan ko‘proq boradigan muayyan xorijiy davlatlardagi elchixona va konsullik xizmatlari, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning xorijdagi bo‘linmalariga murojaat qilish uchun zarur ma’lumotlar havola etilgan.

Tadbir yakunida “Markaziy Osiyoda odam savdosiga qarshi kurashish” loyihasini amalga oshirish doirasida Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyodagi muvofiqlashtiruvchi ofisi tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga odam savdosi bilan krashishga taalluqli maxsus adabiyotlar va jihozlar taqdim etildi.

Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va senatorlari, tegishli vazirlik va idoralar, ma’rifiy va ilmiy muassasalar, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda ishtirok etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qatnashdi.

Опубликовано: admin (27-02-2017, 14:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют