» » Nazira Muxtorova Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Nazira Muxtorova Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi


Nazira Muxtorova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatiga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

Jizzax viloyat hokimining bu haqdagi qarori 12-noyabr kuni imzolangan. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilgan.

Nazira Muxtorova 1997-yildan beri viloyat hokimligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2009—2017-yillarda Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

U hozirgi vazifaga tayinlangunga qadar Jizzax shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют