» » Huawei P10 va P10 Plus smartfonlari taqdim etildi

Huawei P10 va P10 Plus smartfonlari taqdim etildi


Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mobile World Congress 2017 ko‘rgazmasida Huawei P10 va P10 Plus smartfonlari taqdim etildi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar berdi.

Avvalgi modellari kabi, ular ikkita asosiy Leica kamerasiga ega, biroq o‘tgan yilgi modeldan farqli ravishda, P10 va P10 Plus modellaridagi old kameralar ham Leica kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi.

Huawei P10 5,1 dyuymli Full HD displeyga ega. Huawei P10 Plus esa 5,5 dyuymli Quad HD displeyi bilan jihozlangan. Smartfonlar ekranlari Corning Gorilla Glass 5 2,5D oynasi bilan himoyalangan. Ekran ostida joylashgan yagona tugmada barmoq izi skaneri joylashgan. Shuningdek, tugma an’anaviy uch vazifani bajaradi: svayp — ko‘p vazifalilik, tugmani qisqa bosish – orqaga, tugmani uzoq bosish – bosh sahifa.

Smartfonlarning Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan asosiy kameralari 12 va 20 megapikselli bo‘lib, korpusdan chiqib turmaydi.

Metal korpuslarni tayyorlashda “giperolmosli” qoplama qo‘llanilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, korpusda chiziqlar va barmoq izlari qolmaydi.

Shuningdek, smartfonlarning yaltiroq va turli rangli ko‘rinishlari taqdim etildi. Muhim jihati shundaki, nanoqoplamalar smartfonlarni suv va chang kirishidan himoya qiladi.

Korpusning qalinligi 7 millimetrni tashkil qiladi. Akkumulyatorning sig‘imi Huawei P10 modelida 3200 mA/soat, P10 Plus’da esa 3750 mA/soat. Bu sig‘im 2 – 2,5 kunga yetadi.

Huawei P10 Plus smartfonining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri aloqa sifatining yaxshilanganidir. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu birinchi 4,5G-smartfon hisoblanadi. Smartfonda to‘rtta antenna o‘rnatilgan, bu kuchsiz signal tufayli yuz beradigan aloqadagi uzilishlarni 60 foizga kamaytirishga imkon beradi. Huawei Geo Technology texnologiyasi GPS yo‘ldoshidan signal qabul qilishni muvozanatlashtiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 14:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют