» » “Oila” markazi xalqaro konferensiya o‘tkazadi

“Oila” markazi xalqaro konferensiya o‘tkazadi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oiladagi tarbiya, odob qadriyatlari mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob qadriyatlarini va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirish borasida xalqaro tajribani keng o‘rganish va mamlakatda ommalashtirish masalalarida fikr almashish uchun xorijiy davlatlarning yetuk mutaxassislari ishtirokida xalqaro konferensiya o‘tkazadi.

Anjumanni o‘tkazishdan maqsad farzand tarbiyasida oilaning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilishda bolaning oilada yashash va tarbiya qilish huquqini ta’minlash, barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni va rolini oshirish kabi masalalar bo‘yicha xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan fikr almashish va tajribalar o‘rganishdir.

Xalqaro konferensiyada o‘ndan ortiq chet mamlakatdan tashrif buyurgan professor-olimlar, oilashunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, psixologlar, islomshunoslar ishtirok etadi. Chet ellik mutaxassislar o‘zlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalari bilan o‘rtoqlashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют