» » Jamoatchilikka O‘zbekistondagi uchta muzey bo‘yicha takliflar bildirish taklif etildi

Jamoatchilikka O‘zbekistondagi uchta muzey bo‘yicha takliflar bildirish taklif etildi


Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikka O‘zbekistonning uchta muzeyidagi muammolarni aniqlashni taklif qildi. Bu haqda jamg‘arma ma’muriyati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Muzeylardagi muammolarni hal etish bo‘yicha kamchilik va takliflarni qoldirishni istovchilar 13-noyabrdan e’tiboran buni jamg‘armaning Facebook va Instagram’dagi sahifalarida amalga oshirishi mumkin.

Muzeylar renovatsiya dasturiga O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi (Toshkent shahri), I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyi (Toshkent shahri) kiritilgan. Jamg‘arma taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va muzeylarga tashrif buyurishlar sonini ko‘paytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni rejalashtirgan.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xodimlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida allaqachon aniqlangan kamchiliklar bilan bo‘lishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют