» » O‘zbekistonga kelayotgan turistlar sonini 2025-yilga kelib 7,2 mln kishiga yetishi kutilmoqda

O‘zbekistonga kelayotgan turistlar sonini 2025-yilga kelib 7,2 mln kishiga yetishi kutilmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilga qadar turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Mazkur hujjatda O‘zbekistonda 2025-yilga borib turizmningmamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 5 foizga yetkazish rejasi belgilangan. Hozir bu ko‘rsatkich 2,3 foizni tashkil qiladi.

O‘zbekistonga kelayotgan turistlar soni 7,2 million kishiga yetishi ko‘zda tutilgan. 2018-yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 4,8 millionni tashkil etishi kutilmoqda.

2025-yilga borib turistik xizmatlar eksportini 951 million dollardan 2 milliard dollargacha yetkazish rejalashtirilgan. Ichki sayyohlar oqimini deyarli ikki barobar — ayni paytdagi 10 milliondan 19 milliongacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют