» » “O‘zbektelekom”: Kompaniyadan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste’moli uchun zarur bo‘lgan tezlik ta’minlanadi

“O‘zbektelekom”: Kompaniyadan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste’moli uchun zarur bo‘lgan tezlik ta’minlanadi


“O‘zbektelekom” kompaniyasi 15 kun ichida O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshishi haqidagi ma’lumotlarga rasman izoh berdi.

Kompaniyaga ko‘ra, yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida “O‘zbektelekom”da zarur takomillashish ishlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar ishlab chiqildi va tashqi kanal imkoniyatlarini kengaytirish, provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘iga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Joriy yil boshida O‘zbekiston tashqi internet-kanallariga ulanish faqat ikki xalqaro bog‘lama orqali amalga oshirilardi. 2018-yil boshida bog‘lamalar o‘z mahsuldorligining chegarasida faoliyat ko‘rsatib, deyarli ishlamay qolishni boshlagandi. Shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyaning texnik xizmatlari bosqichma-bosqich modernizatsiya ishlarini o‘tkazmoqda. Buning natijasida “O‘zbektelekom” shu yilning oxiriga qadar kompaniyadan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste’moli uchun zarur bo‘lgan tezlikni ta’minlay oladi.

Provayderlar va operatorlarning barcha arizalari cheklovlarsiz va to‘la hajmda qondiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют