» » “Malika” savdo majmuasida noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgan 308 mln so‘mlik maishiy texnika va telefonlar vaqtinchalik olib qo‘yildi

“Malika” savdo majmuasida noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgan 308 mln so‘mlik maishiy texnika va telefonlar vaqtinchalik olib qo‘yildi


Toshkent shahridagi maishiy texnika vositalari savdosiga ixtisoslashgan “Malika” savdo majmuasida kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbiri bo‘yicha internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab turli talqindagi fikrlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi bayonot tarqatdi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni “Malika” savdo majmuasida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida 13 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, chet elda ishlab chiqarilgan va respublikaga yashirin yo‘llar orqali olib kirilib, hech qanday hujjatlarsiz maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlangan.

Ushbu fuqarolar iste’molchilar huquqlarini qo‘pol ravishda buzib, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan tovarlar savdosi hamda sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda, davlat budjeti oldida majburiyatlarni bajarmay, umuman soliqlarni to‘lamagan.

Nazorat tadbiri davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilgan umumiy qiymati qariyb 308 mln. so‘mlik 66 ta maishiy texnika vositalari, 7,8 mingta uyali aloqa va aksessuarlar O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”ning 176-moddasiga asosan masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan shug‘ullanishi uchun hech qanday to‘sqinlikka yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют