» » Dunyodagi eng noyob qushlardan biri — torg‘oq O‘zbekistonda qayd etildi

Dunyodagi eng noyob qushlardan biri — torg‘oq O‘zbekistonda qayd etildi


O‘zbekiston qushlarni qo‘riqlash jamiyati tomonidan oktabr-noyabr oylarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston hududida yo‘qolib ketish xavfi o‘ta yuqori bo‘lgan torg‘oq qushining butun dunyodagi sonining chorak qismi qayd etildi, deb yozadi “Nuz.uz”.

So‘nggi yillarda ushbu qushlar soni shimoliy Qozog‘istonda ularning in qurib bolalash joylarida ikki marta, Yevropada esa 80 foizga kamaydi. Bunga qishloq xo‘jaligida kuzatilgan hamda Qozog‘iston va Rossiyadagi dashtlarning yo‘qolishiga olib kelgan o‘zgarishlar, shuningdek, yaylovlar degradatsiyasi va ovchilik sababchi bo‘ldi.

Oktabr oyida “Torg‘oqning yorqin kelajagi uchun” dasturi doirasidagi ekspeditsiya ishtirokchilari Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon suv omborida 4060 dona torg‘oq qushlarini qayd etdi. Butun dunyoda qirilib borayotgan ushbu turning umumiy soni 6—8 mingta ekanligini hisobga olganda, ushbu topilma alohida qimmatga egadir.

Tolimarjon torg‘oq qushi Qozog‘istondan Hindistonga kuzgi migratsiyasi chog‘ida to‘xtab o‘tadigan yagona joydir. Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi Tolimarjon hududini tabiatni muhofaza qilish sa’y-harakatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish zarur bo‘lgan, bioxilma-xillikning eng asosiy hududlaridan biri sifatida belgiladi.

Qushlarni himoya qilish jamiyati Tolimarjon suv ombori hududida ov qilish vaqtincha taqiqlangan qo‘riqxona yaratish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют