» » O‘zbekistonda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi


“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qaror bilan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra ushbu ko‘krak nishoni bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish  Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, ushbu ko‘krak nishoni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami arafasida topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют