» » Filippindagi butun bir qishloq aholisi islomni qabul qildi

Filippindagi butun bir qishloq aholisi islomni qabul qildi


11-noyabr kuni Filippindagi butun bir qishloq aholisi islomni qabul qildi. Britaniya Islom va tadqiqotlar akademiyasi (IERA) xodimlari ushbu voqeaning guvohi bo‘ldi, deb xabar berdi “Islom.uz”.

IERA jamoasi “Dawah Out reach work” loyihasi doirasida yaqindagina islomni qabul qilgan filippinlik Abu Bakr tomonidan mamlakatning markaziy qismidagi Sebu provinsiyasi Bantayan orolidagi mahalliy masjidga taklif qilingan edi.

“IERA jamoasi Abu Bakrning yordamida kambag‘allarga tarqatish uchun oziq-ovqatlar tayyorlab qo‘yishgan edi”, — deyiladi xabarda.

Jamoa qishloqqa kelib, mahalliy aholi uchun islom dini haqida ma’ruzani tashkil etdi.

“Nasroniy diniga mansub 250 nafarga yaqin inson ham Abu Bakr, ham Eso Xonning kuchli ma’ruzalariga mahliyo bo‘lib qoldi. Ular islom va nasroniy dinining o‘xshash tomonlari va bitta Allohga sig‘ingan Iso alayhissalom payg‘ambarning haqiqiy nomasi haqida gapirib berdi”, — deb qayd etadi ma’lumotda.

IERA jamoasini hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, 215 nafardan iborat butun qishloq ahli birvarakayiga islomni qabul qilib, kalimai shahodatni qaytardi.

Filippin umumiy aholisi sonining deyarli 8 foizini musulmonlar tashkil etadi.

Filippinning minerallarga boy Mindanao janubiy mintaqasi islom dini kirib kelgan birinchi joy hisoblanadi, bu yerda 5 million musulmon yashaydi. Filippinga islom dini XIII asrda kirib kelgan.

IERA – Buyuk Britaniyada qayd etilgan xayriya tashkiloti bo‘lib, uning maqsadi islom dinini targ‘ib etish va yangi musulmon bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют