» » Baxtiyor Sayfullayev VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat forumida ishtirok etadi

Baxtiyor Sayfullayev VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat forumida ishtirok etadi


O‘zbekiston madaniyat vaziri 15—17-noyabr kunlari VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

“Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15—17-noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat forumida ishtirok etish uchun yo‘l oldi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu Forum 2012-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, bu kabi madaniy forumlar soha mutaxassislari uchun xalqaro miqyosda tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Madaniyat vaziri bu forumda madaniyat va san’at sohasida strategik ahamiyatga ega uchrashuvlar va kelishuvlarni amalga oshirishni ko‘zda tutgan.

Forum Rossiya Federatsiyasi hukumati, Madaniyat vazirligi, Sankt-Peterburg hukumati tomonidan tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют