» » Chirchiq — Olmaota yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo’yildi

Chirchiq — Olmaota yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo’yildi


“Chirchiq — Olmaota” yo‘nalishida 2018-yil 14-noyabr soat 17:00 dan muntazam xalqaro avtobus qatnovi amalga oshirila boshladi, deb xabar berdi Spot.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi “Uzavtotrans Servis” UK, Qozog‘iston tomonidan esa tashuvchi “O‘rda” firmasi xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar “Vanhol” avtobuslarida o‘z manzillariga yetkaziladi.

Yo‘nalishning masofasi 818,0 kilometr, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 16 soat 30 daqiqani tashkil etadi. Yo‘l haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Olmaotagacha — 150 ming so‘m, Olmaotadan Chirchiqgacha esa — 6 ming tenge qilib belgilandi.

Yo‘nalishdagi qatnov “Turkiston” (O‘zbekiston), “Qazig‘urt” (Qozog‘iston) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют