» » Nukuslik haydovchilar yolg‘iz yashovchi keksa ayolning gazdan qarzini to‘lab berdi

Nukuslik haydovchilar yolg‘iz yashovchi keksa ayolning gazdan qarzini to‘lab berdi


Telegram’dagi “Voditeli Nukusa” guruhi a’zolari xayrli ishga qo‘l urdi, deb xabar beradi “Daryo” mobil muxbiri.

Qayd etilishicha, Nukus shahrida yolg‘iz yashovchi keksa ayolning gaz ta’minotidan qarzi bo‘lgan. U nafaqasidan 600 ming so‘m qarzni to‘lagan. Shunda ham gaz yonmagan. MIB tomonidan tarmoqdan uzib ketilgan gaz trubasini qayta ulash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida (405 500 so‘m) to‘lov qilish talab qilingan.

Nukuslik haydovchilar ayolning yolg‘iz yashashi va kam ta’minlanganligini hisobga olib, unga yordam berishga qaror qilgan. Ular pul yig‘ib to‘laganidan so‘ng, nafaqaxo‘r ayolning uyida gaz yondi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют